18:52 / 16.08.2016
8655

APL. 1-tur yakunlari

Angliya Premer-ligasining yangi mavsumi ham start oldi. 1-tur yakunlaridan kelib chiqib, turli statistik ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilamiz. 

Gollar: 

APLning 1-turida o‘tkazilgan 10ta uchrashuvda jami darvozalarga 28 marotaba gol kiritildi. Shundan 13tasini mezbonlar kiritgan bo‘lsa, qolgan 15tasi mehmonlar hisobiga yozildi. 

1-turda APL ishqibozlari ikkita avtogolga guvoh bo‘lishdi. Ulardan birini «Sanderlend»  himoyachisi Makneyr o‘z darvozasiga kiritib qo‘yganligi oqibatida, «Manchester Siti» g‘alaba qozonib ketdi. 

«Liverpul» yarim himoyachisi Felipe Koutino ilk turda dublga erishgan yagona futbolchibo‘ldi. 

Eng tezkor gol: Serxio Aguero («Manchester Siti» - «Sanderlend» - 2:1) – 4 – daqiqa

Eng kech gol: Diego Kosta («Chelsi» - «Vest Xem» - 2:1) – 89 daqiqa

Muxlislar tashrifi:

1-turda jami 330 016 nafar muxlis bevosita stadionda turib kuzatib borishgan. 
Eng ko‘p muxlis: «Arsenal» - «Liverpul» (60,033)
Eng kam muxlis: «Bornmut» - «Manchester Yunayted» (11,355)

Ogohlantirishlar:

Premer-liganing 1-turida hakamlar jami 40 marotaba sariq kartochka bilan futbolchilarni jazoladi. Mezbon jamoa o‘yinchilariga bu borada 19 marotaba sariq berilgan bo‘lsa, mehmonlarda bu ko‘rsatkich 21tani tashkil qilmoqda. 

Faqatgina, bitta futbolchi qizil kartochka olib, uchrashuvni barvaqt tark etdi. 

Qizig‘i shundaki, 1-turda «Everton» va «Tottenxem» uchrashuvi eng sokin o‘tgan bahs bo‘ldi. Uchrashuv hakami biror marotaba ham futbolchilarni ogohlantirgani yo‘q. 

1-tur qahramoni – Felipe Koutino

APLning 1-turidagi eng yaxshi futbolchi Felipe Koutino bo‘ldi. U «Liverpul» jamoasini safarda «Arsenal» ustidan qozonilgan g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. Uchrashuvda ikki marotaba gol kiritdi. Ayniqsa, uning jarimadan yo‘llagan zarbasi turning eng chiroyli gollaridan biri bo‘ldi. 

1-tur omad futbolchisi – Petr Chex

«Arsenal» darvozaboni Petr Chex uchun mavsum starti omadsiz keldi. U «Liverpul» bilan uchrashuvda o‘z darvozasidan 4 marotaba to‘p olib chiqdi. Buning ustiga futbolchi uyiga ketayotib, avtomobilini pachoqladi. 

1-tur natijalari

«Xall Siti» - «Lester Siti» - 2:1
«Bernli» - «Suonsi» - 0:1   
«Kristal Pelas» - «Vest Bromvich» - 0:1   
«Everton» - «Tottenxem» - 1:1   
«Midlsbro» - «Stok Siti» - 1:1   
«Sautgempton» - «Uotford» - 1:1  
«Manchester Siti» - «Sanderlend» - 2:1  
«Bornmut» - «Manchester Yunayted» - 1:3   
«Arsenal» - «Liverpul» - 3:4   
«Chelsi» - «Vest Xem» - 2:1

Top