12:43 / 16.08.2016
6171

Hart Pep bilan chiqisha olmayapti va boshqa klubga o‘tmoqchi

«Manchester Siti» darvozaboni Jo Hart joriy yozgi transferlar vaqtidayoq jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

«Shaharliklar» darvozabonini yangi bosh murabbiy Hosep Gvardiola asosiy tarkibga kiritmayapti. U ilk turda «Sanderlend»ga qarshi o‘yinda maydonga tushmadi va zaxira darvozaboni Kabaleroga imkoniyat berildi.

Bu vaqtda «Barselona»dan boshqa bir darvozabon Klaudio Bravo sotib olinishi bo‘yicha transfer jarayoni yakunlanmoqda.

Hartning o‘zi esa Yevropa chempionlar ligasida ishtirok etuvchi jamoa safiga o‘tmoqchi. Ehtimoliy variantlardan biri sifatida «Sevilya» jamoasi nomi tilga olinmoqda. Bu jamoa vakillari voqealar rivojini diqqat bilan kuzatishmoqda

Bundan tashqari, Hartning xizmatlariga «Liverpul» va «Everton» jamoalaridan qiziqish mavjud.

Daily Mail nashri bergan ma'lumotga ko‘ra, mersisaydliklar Hartni ijaraga olmoqchi, ammo «Siti» uni 20 million funtga sotishni rejalashtirmoqda.

Manba: Tribuna.uz

Top