23:07 / 16.08.2016
7114

Iroq bosh vaziri Rossiya harbiy-koinot kuchlari uchun havo hududi ochilishi mumkinligini aytdi

Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy agar muayyan shartlar bajarilsa, Rossiya harbiy-koinot kuchlarining bombardimonchi samolyotlari mamlakat havo hududini kesib o‘ta olishlarini aytdi. 

"Biz havo hududimizni ruslar uchun muayyan shartlar bilan ochdik", deb aytdi al-Obodiy va tafsilotlarni ma'lum qilmadi.  

Uning ta'kidlashicha, Iroq hududi uzra turli raketalarning uchishiga Rossiya tomonidan rasmiy so‘rov olmagan.  

Avvalroq harbiy-diplomatik manba Rossiya mudofaa vazirligi vakillari Iroq va Eron hukumatidan ularning havo hududlaridan qanotli raketalar uchib o‘tishi uchun ruxsat so‘raganlarini ma'lum qilgandi.

Top