20:17 / 17.08.2016
6744

Xitoyda G20 ishtirokchilari uchun qumdan yasalgan haykallar bog‘i paydo bo‘ldi

Xitoyda Xanchjouda o‘tadigan "Katta yigirmatalik" (G20) sammiti ishtirokchilarini qarshilash sifatida Xalqaro qum haykallari ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda "Jenmin jibao" nashri xabar bermoqda. 

Ta'kidlanishicha, ko‘rgazma Chjetszyan viloyatidagi Chjoushan shahrining Nansha tumanida o‘tmoqda. 

20 dan ortiq rassom umumiy hisobda 20 dan ortiq, jumladan Xitoy, Rossiya, AQSh, Germaniya, Indoneziyadagi shaharlarning manzaralarini yaratishdi.

Sammit sentabr boshida o‘tkazilmoqchi.

Avvalroq Xitoyda guruch dalasida G20 sammiti sharafiga smaylik (tabassum qilayotgan yuzcha) yaratilgandi.

Top