22:51 / 18.08.2016
9988

Amerikalik aktyor - Robert Redford 80 yoshda

Robert Redford o‘zining uzoq yil davom etgan ijodi davomida deyarli barcha nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritdi: ikkita «Oskar», ikkita «Oltin globus», uchta BAFTA, san'atdagi uzoq yillik ijod, kasbga sadoqat, qadr-qimmat uchun ko‘plab sovg‘alar va v.h. Redford Kaliforniyada sut ishlab chiqaruvchilar oilasida dunyoga keladi va 50 yillar oxirida Nyu-Yorkga ketadi va u yerda aktyorlik faoliyatini boshlaydi: Brodveylardagi bir necha sahna ko‘rinishlarda ishtirok etadi.

Uning kino olamidagi ilk muhim ishi 1962 yili sodir bo‘ladi – Redford «Jang maydonidagi ov» filmida koreya urushi askarini gavdalantiradi. Shu ondan boshlab uning aktyorlik faoliyati gurkirab rivojlana boshlaydi. 60 yillar oxiriga kelib u amerika kinosining afsonasiga aylanadi.

1981 yilda Redford rejissyor sifatida o‘zining ilk ishini taqdim etadi va aynan shu tariqa u o‘zining ilk «Oskar»ini qo‘lga qiritadi.

 

Mavzuga oid
Top