18:28 / 18.08.2016
6385

Andijonda “Kamolot” uyi foydalanishga topshirildi

Andijon shahrida yosh oilalar uchun barpo etilgan “Kamolot” uyi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Uch qavatli, 90 xonadondan iborat ikki, uch va to‘rt xonali uyda yosh oilalar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

– Zamonaviy uyga ko‘chib o‘tganimizdan ota-onalarimiz ham, yaqinlarimiz ham juda xursand,  – deydi yangi uy sohibi, “Yurt kelajagi” respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibi Azizbek Uzoqov. – Bu uy oilamizga omad keltiradi. Yoshlarini e'zozlaydigan shunday yurt farzandi ekanimdan faxrlanaman.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so‘zga chiqdi.

Top