16:19 / 18.08.2016
8819

Melburn dunyodagi yashash uchun eng yaroqli shahar deb topildi

Avstraliyaning Melburn shahri dunyodagi yashash uchun eng yaroqli shahar deb topildi. Bu haqda Economist Intelligence Unit reytingiga asoslangan holda CNBC xabar tarqatdi.

Ekspertlar bir qator mezonlar bo‘yicha 140ta shaharni baholashgan. Xususan, sog‘liqni saqlash sohasi, ekologik holat, ta'lim sohasidagi vaziyat. Yuqori o‘nlikdagi 6ta shahar Avstraliya va Kanadada joylashgan.

Ikkinchi o‘rinda Vena (Avstriya), uchinchi o‘rinda – Vankuver (Kanada). Keyingi o‘rinlarni Toronto, Kalgari (ikkisi – Kanada), Adelaida va Pert (ikkisi – Avstraliya) egallagan.

Sakkizinchi pog‘onani Oklend (Yangi Zelandiya) egallagan bo‘lsa, kuchli o‘nlikni Xelsinki (Finlyandiya) va Hamburg (Germaniya) yakunlagan.

Bundan oldinroq, Monocle nashri talqiniga ko‘ra, Tokio shahri dunyoning yashash uchun eng yaxshi shahri ekani ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top