15:39 / 18.08.2016
15643

OAV: Vin Dizel Dueyn Jonson bilan yarashdi

Aktyor Vin Dizel «Forsaj» franshizidagi hamkori Dueyn Jonson bilan yarashib olgan. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar tarqatdi.

Bundan oldingi xabarlarda, Jonson «Forsaj-8» filmidagi ba'zi hamkorlarini noprofessionallar, qo‘rqoqlar va mishiqilar deb atagandi. Nashrlarda uning bu so‘zlari aynan Dizelga qaratilgani aytildi.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, filmning yangi sahnalarida birga tushishi kerak bo‘lgan Dizel va Jonsonni sahnaga olish ishlari davom ettirilishi uchun Universal studiyasi ijrochi vitse-prezidenti Mark Surian yarashtirgan.

«Nima ro‘y bergan bo‘lsa ham, endi barham topgan», – deyilgan manbalardan birida.

U «Forsaj-8» filmi reklama kampaniyasida muammolar yuzaga kelmasligi kerakligini qo‘shimcha qilgan.

Mavzuga oid
Top