09:41 / 18.08.2016
9746

Rioda halok bo‘lgan nemis murabbiyi to‘rt kishiga organlar bo‘yicha donor bo‘ldi

Rio-de-Janeyroda o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlari vaqtida Germaniya jamoasining kanoeli slalom bo‘yicha halok bo‘lgan bosh murabbiyi Shtefan Xentse to‘rt kishiga organlar bo‘yicha donor bo‘ldi. Bu haqda Die Welt nashri yozmoqda.

Murabbiy taksida ketayotgan vaqtda yirik YTHga uchraydi va boshidan jarohat oladi. Voqea juma kuni sodir bo‘ladi. Keyinroq 35 yoshli murabbiyni neyroxirurgiya bo‘limida operatsiya qilishadi. Bu murabbiyga yordam bera olmaydi va u 15 avgust kuni vafot etadi.

Rio-de-Janeyro sog‘liqni saqlash organlarining xabar berishicha, Shtefan Xentse yurak, jigar va ikki buyrak bo‘yicha donor vazifasini bajargan. Nemis murabbiysining organlari boshqa odamlarga muvaffaqiyatli o‘tkazilgan. Shu sabab to‘rt kishining hayoti saqlab qolingan.

Mavzuga oid
Top