16:17 / 19.08.2016
5835

Venger: «Arsenal»dan ketganlarning deyarli barchasi ortga qaytarishimni so‘ragan

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Vengerning qayd etishicha, uning klubi yangi futbolchilar transferi uchun pul sarflashga tayyor. Uning fikricha "kanonirlar" o‘z safiga yuqori saviyali futbolchilarni jalb eta oladi.

«Siz men transferlar uchun xarajat qilishni istamasligim haqidagi gaplarga ishonasizmi? Aslida biz har qachon yangi futbolchilar uchun pul sarflashga tayyor turganmiz. Bizda  transferlar uchun mablag‘ ajratilgan va biz munosib futbolchilarni qidirmoqdamiz. Albatta, bundan muxlislarning ko‘ngli to‘q bo‘lsin.

Lekin birinchi navbatda jamoaga munosib va saviyalik futbolchini topish kerak. Shunchaki tarkibni to‘ldirish uchungina futbolchi sotib olishda ma'no yo‘q. Yangi kelgan futbolchi jamoani kuchaytirishi talab etiladi.

Men «Arsenal» futbolchilarni o‘ziga jalb eta olmaydi, degan fikrlardan yiroqman. Bizning tarkibimizga qo‘shilishni istaydigan futbolchilar sanoqsiz. Hatto, qachondir jamoadan ketganlar ham. Bizdan ketganlardan 99,5 foizi mendan qaytarishimni so‘ragan. Ulardan biri Anri. Shunday ekan, bu borada muammo ko‘rmayapman», - deydi Venger.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid
Top