20:17 / 20.08.2016
10460

Dayjyest: Bektemirning revanshi, tiklanayotgan Turkiya-Isroil munosabati, dunyoning eng uzun shisha ko‘prigi, Ukraina Klintondan nima kutyapti?

Yakunlanib borayotgan 20 avgust so‘ngida O‘zbekiston va jahonda yuz bergan eng asosiy hodisa va yangiliklar dayjesti.

Bektemirning revanshi


Rio Olimpiadasining bugungi, 20 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan bahslarida 75 kg vazn toifasida O‘zbekiston bokschisi Bektemir Meliqo‘ziyev final uchrashuvida kubalik sportchi Lopez Arlen bilan ringga ko‘tariladi.

>>> Batafsil.  

Zamonaviy beton


Beton eng keng tarqalgan qurilish materiallaridan biri bo‘lsa-da, u bir yomon xususiyatga ega. U vaqt o‘tgani sari juda qurib ketadi, darz ketadi va natijada kuchli bosim ostida sinishi mumkin.

>>> Batafsil.

Finlyandiyada mini avtobuslar


Finlyandiya poytaxti elektr quvvati yordamida harakatlanadigan ikki yangi haydovchisiz avtobuslarni qo‘lga kiritdi.

>>> Batafsil.

Samolyot bortidagi tug‘uruq


Gohida chaqaloqlar yorug‘ dunyoga kelishga shu darajada shoshilishadiki, to‘lg‘oq jarayoni istalgan payt, istalgan joyda ro‘y berishi mumkin. Aynan shu holat Dubaydan Manilaga parvoz qilayotgan samolyot bortida tug‘ilgan Xeyven ismli qiz bilan sodir bo‘ldi.

>>> Batafsil.

Turkiya va Isroil munosabati


Turkiya parlamenti rasmiy Tel-Aviv va Anqara o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha shartnomani ratifikatsiya qildi, deb xabar qilmoqda Assoshieyted Press agentligi.

>>> Batafsil.


Xitoylik general


Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi general-mayori, 54 yoshli Chen Tsze Xitoyning Shenchjen shahrida o‘z joniga qasd qildi.

>>> Batafsil.


Ukraina Klintondan nima kutyapti?


Ukraina, demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton AQSh prezidentligiga saylangudek bo‘lsa, ushbu mamlakatdan jangovar qurol-aslahalar yordamini olishga umid qilishi mumkin, deb hisoblamoqda Ukraina ichki ishlar vaziri maslahatchisi Zoryan Shkiryak.

>>> Batafsil.

Eng uzun shisha ko‘prik


Xitoyning Xunan muzofotidagi Chjantszyatsze parkida jahondagi eng uzun shisha ko‘prikning rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi.

>>> Batafsil.

Rio Olimpiadasi tafsilotlari


Bugun o‘zbekistonlik taekvondochi Dmitriy Shokin ilk bahsini muvaffaqiyat bilan boshladi. U xitoylik taekvondochi Kiao Senni 15:8 hisobida mag‘lub etib, nimchorak finalga yo‘l oldi.

>>> Batafsil.

Top