Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda general o‘z joniga qasd qildi
Foto: EPA
Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi general-mayori, 54 yoshli Chen Tsze Xitoyning Shenchjen shahrida o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.
Siyosiy komissar lavozimini egallagan Chen Tsze armiyada jadal karera qilgan. U mansab pillapoyasining keyingi bosqichiga ko‘tirilishidan bir kun avval hayotdan ko‘z yumdi. Ta'kidlanishicha, u 20 avgustda dafn qilinadi.
Bu holat hafta ichida yuqori lavozimdagi xitoylik harbiy o‘z joniga qasd qilgan uchinchi holat bo‘ldi. Kuzatuvchilar bu voqealarni aksilkorruptsion tergovlar bilan bog‘lashmoqda.
Chen Tsze 1997 yilda Gonkongning Xitoy suvereniteti ostiga o‘tkazilishi bilan bog‘liq tadbirlarni tashkillashtirishda ishtirok etgan.
Mavzuga oid
13:38 / 19.01.2026
Xitoy iqtisodiyoti 2025 yilda 5 foizga o‘sdi
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
11:24 / 17.01.2026
Kanada Xitoy elektromobillariga bojlarni keskin pasaytiradi
13:52 / 15.01.2026