Xitoyning Xunan muzofotidagi Chjantszyatsze parkida jahondagi eng uzun shisha ko‘prikning rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Sinxua» xabar bermoqda.

Ko‘prikning uzunligi 430 metrni, eni — olti metrni tashkil etadi. U yerdan 300 metr balandlikda joylashgan.

Ko‘prik shishadan tayyorlangan o‘nlab mustahkam panellardan iborat va bir vaqtning o‘zida 800 ta odamni ko‘tara oladi.

20 avgust — sinov tariqasida ko‘prikning rasmiy ochilgan birinchi kuni sifatida tarixga kirdi.