13:22 / 20.08.2016
20274

Pentagon Suriya armiyasini ogohlantirdi

© RIA Novosti

AQSh mudofaa vazirligi Suriya hukumat kuchlarini Al Xasakidagi voqeadan keyin AQSh va uning ittifoqchilari harbiy bazalari yaqinida jangovar harakatlar olib borishdan ogohlantirdi. 

Avval xabar qilinganidek, Suriya harbiy havo kuchlari samolyotlari Al Xasaki tumanidagi kurdlar egallab turgan manzillarni so‘nggi besh yilda birinchi marta o‘qqa tutgan edi. Kurdlarning Demokratik ittifoq partiyasi vakili Ibrohim Ibrohim Sputnik agentligiga bildirishicha, havo zarbalari tinch aholi orasida qurbonlarga sabab bo‘lgan. Suriya harbiylari o‘z harakatlarini Kurdiston ishchi partiyasining "Asaish" jangovar qanoti o‘zaro kelishuvni buzgani bilan izohlagandi. 

Pentagon vakilining so‘zlariga ko‘ra, AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya Al Xasaki hududidagi maxsus kuchlarini himoya qilish maqsadida harbiy samolyotlarini yuborgan. Bu topshiriq, ikki tomon havo kemalari o‘rtasida jangovar to‘qnashuvga olib kelmagan, chunki Suriyaning Su-24 samolyotlari tumanni tark etgan bo‘lgan. 

"Biz koalitsiya xizmatchilari tahlikali vaziyatda qolishini juda jiddiy qabul qilishimiz barobarida o‘zimizni mudofaa qilish huquqimiz bor", — degan Pentagon matbuot kotibi Jef Devis Wall Street Journal nashriga. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Pentagon ma'muriyati Suriya harbiylariga "yaxshilikcha" Amerika kuchlari va ularning ittifoqchilariga qarshilik ko‘rsatmaslikni tavsiya qiladi. 

Uning aytishicha, AQSh uchuvchilari suriyalik harbiylar bilan bevosita to‘qnash kelmagan, bundan tashqari Suriya shimoli-sharqida parvozlardan xoli hududni e'lon qilmagan. 

Mavzuga oid
Top