Fan-texnika | 19:26 / 20.08.2016
18301
2 daqiqa o‘qiladi

Singapurlik olimlar kelajak betonini yaratishdi

Beton eng keng tarqalgan qurilish materiallaridan biri bo‘lsa-da, u bir yomon xususiyatga ega. U vaqt o‘tgani sari juda qurib ketadi, darz ketadi va natijada kuchli bosim ostida sinishi mumkin. Nanyan texnologiya universiteti (Singapur) olimlari bu qurilish ashyosini qanday qilib mustahkamlashni o‘ylab topishdi va uni egiluvchan qilishga muvaffaq bo‘lishdi. 

Odatda beton sement, shag‘al, qum va suv aralashmasidan yaratiladi. Singapurlik olimlar o‘ylab topgan ConFlexPave materiali beton tarkibiga yana bir komponent - polimer mikrotolalarni qo‘shadi. Ular inson sochidan yupqa, lekin betonga qo‘shilganda uni mustahkamlash xususiyatiga ega.

ConFlexPave yaratuvchilarining so‘zlariga ko‘ra, u yangi qurilish materiali "metall kabi moslashuvchan va oddiy betonga nisbatan kamida ikki karra ko‘p yukni ko‘tarishga qodir". 

Yangi materialni zavodda tayyorlab, keyin qurilish maydoniga keltirish mumkin. Bu barcha uchun birdek qulaylik tug‘diradi. 

Bugungi kunga kelib, yangi ConFlexPave marteriali faqat labaratoriyada sinovdan o‘tkazilgan. Bu yerda odatiy stol o‘lchamidagi plitalar qo‘llangan. Keyinchalik bu materialdan universitet kampusi hududida yangi obektlar qurilishida foydalanish rejalashtirilmoqda. Ularning mustahkamlik darajasi uch yil davomida sinaladi. 
 

Mavzuga oid