17:10 / 21.08.2016
12216

Erkin kurash. Raqibi gilamga chiqishni istamagani uchun Magomed Ibragimov kurashsiz keyingi bosqichga o‘tdi

Rio—2016 Olimpiadasining erkin kurash sport turida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Magomed Ibragimov avtomatik ravishda nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

97 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi musobaqaning saralash bosqichida uning raqibi Gvineya-Bisau mamlakatidan tashrif buyurgan Buassat Jonde edi. Afrikalik sportchi noma'lum sababga ko‘ra gilamga chiqishdan bosh tortgan va O‘zbekiston vakiliga 5:0 hisobidagi avtomatik g‘alaba yozilgan.

Endi Ibragimov chorak finalda nigeriyalik Soso Tamarau bilan bellashadi.

Mavzuga oid
Top