22:17 / 21.08.2016
19970

Ixtiyor Navro‘zov O‘zbekiston uchun yana bir bronza medal olib berdi

Rio—2016 Olimpiadasida erkin kurash bo‘yicha 65 kg. vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Ixtiyor Navro‘zov bronza medal uchun kechgan kurashda mo‘g‘ulistonlik Mandaxnaran Ganzorigga qarshi kurashdi.

U qiyin kechgan bahsda raqibdan 8:7 hisobida ustun keldi.

Shu tariqa, Ixtiyor Navro‘zov O‘zbekiston uchun yana bir bronza medal olib berdi. Endilikda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 10ta - 2ta oltin, 2ta kumush va 6ta bronza.

 

 

Top