Özbekiston oliy ta'lim muassasa (OTM)larida bakalavriat yönalişlarida bir yillik öqiş qiymati oşdi. Yangi narxlar körsatilgan reliz ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Unga köra, 2016/2017 öquv yilida bakalavriatdagi eng qimmat ta'lim yönalişlari xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar hamda huquq bölib qolgan — ularda bir yillik öqiş puli 9,85 million söm etib belgilangan.

Abituriyentlarni tölov-kontrakt asosida qabul qiliş Özbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida yagona qabul qoidalari asosida test sinovlarining ballar reytingi böyiça Davlat komissiyasi tomonidan amalga oşiriladi.
Davlat komissiyasi tomonidan tölov-kontrakt asosida öqişga tavsiya etilgan abituriyentlar uçun tölov har yili kontrakt şartlarida körsatilgan muddatlarda amalga oşiriladi.
Mazkur qiymatlar 2016 yil 1 sentabrdan amalga kiritiladi.

















