16:32 / 22.08.2016
7108

Alco - loyihangiz va mehnatingizni oqlaydi!

Ayni damda siz o‘z tasavvuringizdagi uy yoki binoni yaratish arafasida turibsiz. Qolaversa, siz qurmoqchi bo‘layotgan imorat pishiq va puxta xom-ashyolardan bunyod etilishini istaysiz, shundaymi? 

My-shop kompaniyasi esa sizga bu borada Also zavodi xizmatlaridan foydalanishni tavsiya etadi. 

Alco

Ushbu yirik kompaniyaga 2008 yilda asos solinib, zavodda shu yilning o‘zidayoq alyumin kompozitli panellar  hamda poliproplein quvurlari ishlab chiqarila boshlandi. Bugungi kunda esa ushbu mahsulotlar sifatliligi va xalqchilligi bois qurilish mollari bozorida o‘z o‘rniga ega. Shunday bo‘lsa-da, My-shop kompaniyasi panel va quvurlarning sifatini sinab ko‘rib, so‘ng sizlarga tavsiya etishni ma'qul ko‘rdi.

Korxona muvaffaqiyatli faoliyatni yo‘lga qo‘yish maqsadida bir nechta davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Panel va quvurlar xom- ashyosi esa Xitoy, Turkiya va Koreya davlatlaridan keltiriladi. Shu boisdan xam, mahsulotlar sifati nafaqat o‘zimizning, balki chet el bozori bilan ham bemalol raqobatlasha oladi.  
Sifat darajasi oshgani sari esa unga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda. Ayni damda Alco zavodida 100 ga yaqin hamyurtlarimiz qizg‘in jarayonli ish bilan ta'minlangan. 
Zavodda issiq hamda sovuq suv uchun mo‘ljallangan quvurlar, shuningdek, kanalizatsiya quvurlari turli o‘lchamlarda ishlab chiqarilib, mutaxassislar ushbu mahsulotning chidamliligiga 50 yillik kafolat berishadi. 

Endi, panellar va ularning afzallik jihatlari borasida to‘xtalsak...
Hozirgi kunda panellar turfa ko‘rinishdagi binolarning tashqi ko‘rinishini bezatishda juda keng foydalanib kelinmoqda.

Ushbu panellarning afzallik jihati shundaki, ular issiq hamda sovuq havoni o‘tkazmaslik hususiyatiga ega. 
Ayni kunda zavodda panellarning o‘ttiz xil rangdagi turlari ishlab chiqarilmoqda. Ulardan eng ko‘p foydalaniladiganlari va xaridorgirlari -oq, qaymoqrang, ko‘k va qizil ranglardir. 

Alco kompaniyasiga oid faktlar: 

•    Bugungi kungacha 900 ga yaqin mijozlar mahsulot sifati hamda korxona xizmatlaridan mamnun
•    Alco hozirgi kungacha Respublika bo‘yicha 900 ga yaqin yirik loyihalarni topshirib, 15 ga yaqini yutuqlar bilan mukofotlangan. 
•    Alco kompaniyasi o‘z mijozlariga 100 dan ortiq foydali takliflarni taqdim etadi. 

Shuningdek, kompaniya mahsulotlar narxlarning hamyonbopligi, tovarning sifatliligi, turli dizaynga moslashuvchanligi, uzoq yillik kafolat berilishi, bepul yetkazib berish kabi afzallik jihatlarni o‘zida qamrab olgan.  

Mijozlarga xizmat ko‘rsatish esa naqd pul va pul o‘tkazish yo‘llari bilan. 

Alco kompaniyasi tovarlari, shu o‘rinda alyumin panellari siz boshlagan qurilish ishlaringizda mustaxkam, pishiq va kafolatli maxsulotlardir. 

Unutmang! Bu borada My-shop faqat sinalganlarini sizga tavsiya etadi! 

Alco mahsulotlarini buyurtma qilish uchun: 246 48-98, (99)-838-50-50

Reklama huquqi asosida.

Top