00:44 / 22.08.2016
58069

O‘zbekiston boks terma jamoasi dunyoda birinchi!

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari Rio Olimpiadasida 3 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida Kuba, Qozog‘iston, Rossiya, AQSh kabi kuchli terma jamoalarni ortda qoldirib, 1-o‘rinni egalladi. 

O‘zbekiston boks terma jamoasi umumiy hisobda Rioda 7 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Hamyurtlarimiz Hasanboy Do‘stmatov (49 kg), Shahobiddin Zoirov (52 kg), Fazliddin G‘oibnazarov (64 kg) oltin medal, Shahram G‘iyosov (69 kg), Bektemir Meliqo‘ziyev (75 kg) kumush medal, Rustam To‘laganov (91 kg) va Murodjon Ahmadaliyev (56 kg) bronza medallari sohibi bo‘ldilar. 

Shuningdek, umumjamoa hisobida kuchli beshlikdan, Kuba (3-0-3), Fransiya (1-2-2), Qozog‘iston (1-2-2), Rossiya (1-1-3) va AQSh (1-1-1) terma jamoalari o‘rin oldi.

Sportchilarimizga Riodagi yorqin, g‘olibona ishtiroklari uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Biz siz bilan faxrlanamiz! G‘alabalar muborak bo‘lsin!!!

Top