16:56 / 22.08.2016
13799

Xayr, Rio - salom, robotlar: Tokio 2020

2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari estafetasini Tokio qabul qildi. CNN nashrining ma'lum qilishicha, Tokioda robotlar sizlarni maydondagi o‘rningizgacha kuzatib qo‘yadi, osmonda esa sun'iy meteoritlar shakllar yasaydi.

Maydonda esa an'anaviy yapon liboslarini kiygan yuzlab ishtirokchilar harakatlanadi.

Atrofda sodir bo‘layotgan barcha voqealar smartfoningizdagi ko‘p tilli ilova orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilib turiladi. 

Bu ilmiy fantastikadek eshitiladi, lekin shu g‘ayrioddiy voqealarni Yaponiya hayotga targ‘ib qilmoqchi. 

2020 yilgi Tokio Olimpiya o‘yinlariga xush kelibsiz - Yaponiya bu hodisa mamlakatning yuqori texnologiyalarini namoyon qilishi va mehmonlarni jalb qilishiga ishonch bildirmoqda.

Yaponiyalik Sindzo Abening olimpiadaning yopilish marosimida Super Mario o‘yini qahramoni timsolida paydo bo‘lishi ko‘p narsadan darak beradi. 

Yaponiya o‘zining texnologik innovatsiyalari bilan butun dunyoda mashhur, shu bois Tokio 2020 tashkilotchilari texnik loyihalarni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilib qo‘yishdi. 

Odaiba tumanidagi (Tokio) Olimpiya qishlog‘ida yashovchi sayyohlar har qanday sohada yordam bera olishi mumkin bo‘lgan robotlarni tanlab olishlari mumkin, ular eng yaxshi transport turlari, oziq-ovqat do‘konlari va ko‘ngilochar maskanlarga doir tavsiyalar berishadi. Bu siz robotlarni uchratadigan birgina joy emas. Robotlar hamma yerda, jumladan, mehmonxonalar va aeroportlarda ham xizmatingizda bo‘lishi kutilmoqda.

Top