18:29 / 22.08.2016
16047

"Huawei" kompaniyasi va boks bo‘yicha Olimpiya terma jamoamiz hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdi

Bilasiz, "Huawei" kompaniyasi O‘zbekistonda ta'lim va sportning rivojlanishini faol qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tgan Olimpiada oldidan "Huawei Tech. Investment Tashkent" kompaniyasi boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini Olimpiya o‘yinlari oldidan qo‘llab-quvvatlashga qaror qilib, O‘zbekiston boks federatsiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan edi.

Shu yozda esa xalqaro FIFA hakami Ravshan Ermatov "Huawei" kompaniyasining O‘zbekistondagi brend - ambassadori etib tayinlangan va butun mamlakat bo‘ylab, "Huawei" smartfonlari modellari reklama va turli aksiyalarda namoyish etmoqda. Bu yo‘lga kompaniya jahon sportining eng nomdor vakillari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Yuqoridagi kelishuvga ko‘ra, "Huawei" o‘z o‘rnini yana bir marta mustahkamlab, jahon sport arenalarida muvafaqqiyatli ishtirok etgan o‘zbekistonlik bokschilar uchun smartfonlar taqdim etdi.

Shahobiddin Zoirov, Fazliddin G‘oibnazarov, Hasanboy Do‘smatov, Shahram G‘iyosov, Bektimir Meliqo‘ziyev, Rustam To‘laganov, Murodjon Ahmadaliyev O‘zbekistonda boks yildan yilga rivojlanib borayotganligini butun jahonga isbotladi va qahramonlarga aylanishdi.

 

Top