10:39 / 22.08.2016
9511

Hindistonda suv toshqini natijasida 17 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Madhya-Pradeshida suv toshqini natijasida kamida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqida BBC News xabar berdi.

Sharqiy Bihar shtatining bir necha tumanida favqulodda vaziyat yuzasidan 15 000 kishi evakuatsiya qilindi. 

Iyun oyidan sentabrgacha bo‘lgan mavsumda Hindistonda suv toshqinlari ko‘p ro‘y beradi.

Joriy yilda yomg‘ir ko‘p yoqqani tufayli yirik daryolardagi suv sathi ko‘tarilib, bu Hindistonning ko‘plab hududlarida toshqinlar sodir bo‘lishiga olib keldi. 

Oltita daryosi bo‘lgan Biharda minglab kishilar 80dan ortiq evakuatsiya punktlaridan qo‘nim topishdi. 

Suv toshqinlari yuz bergan hududlarda ba'zilar o‘zlarining suv tubiga g‘arq bo‘layotgan uylari tomiga chiqib olishgan. 

"Biz juda ko‘plab muammolarga duch kelmoqdamiz, hamma narsa suv ostiga g‘arq bo‘lmoqda. Ba'zi joylarda yegulik, ichimlik suvi va hatto qayiq ham yo‘q. Nima qilishni bilmay qolyapmiz", - dedi Patna shahrida yashovchi kishi.

Qo‘shni Uttar-Pradesh shtatida ham Gang daryosi sathi ko‘tarilgan, quyi hududlarda yashovchi kishilar balandroq joylarga evakuatsiya qilingan. 

Xavf hududida kun ko‘rayotgan kishilardan birining so‘zlariga ko‘ra, bu yerda so‘nggi uch kun davomida suv toshqini kuzatilmoqda. Barcha ekinlar suv ostida qolgan. Suv aholi yashaydigan uylar ichiga kirib bormoqda.

 

Top