17:57 / 22.08.2016
11042

Iroq politsiyasi 14 yoshli xudkush terrorchini qo‘lga oldi

Iroqning shimolidagi Kirkuk politsiyasi odam gavjum joyda o‘zini portlatmoqchi bo‘lgan xudkush bolani qo‘lga oldi. Bu haqida mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari vakili ma'lum qildi. 

"U savdo markazlari va bir qator ma'muriy binolar joylashgan hududda tinch aholiga hujum qilmoqchi bo‘lgan", - deyiladi manbada.

Xudkush-terrorchi atigi 14 yoshda bo‘lib, u yovuz maqsadini amalga oshirishga ulgurmagan. 

Bundan avvalgi xabarlarda Turkiyada portlash sodir etgan terorchining yoshi ham 12-14 yoshlar atrofida ekanligi ma'lum qilingandi. 

Mavzuga oid
Top