Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR AQSh va Janubiy Koreyani yadro vayronalariga aylantirish bilan tahdid qildi
Shimoliy Koreya harbiylari, Koreya Respublikasi va AQSh tomonidan o‘tkazilayotgan Ulji Freedom Guardian (UFG) qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari chog‘ida Pxenyanga bevosita tahdid solinadigan bo‘lsa, janubiy koreyaliklar va amerikaliklarning kulini ko‘kka sovurishini ta'kidlashmoqda. Bu haqda, KXDR xalq armiyasi Bosh shtabi bayonotida so‘z yuritilgan.
Ulji Freedom Guardian harbiy mashg‘ulotlari 22-avgustdan sentabr boshiga qadar davom etadi. KXDRga ko‘ra, ularning maqsadi — Shimoliy Koreya hududiga kutilmaganda zarba berib, uning hududini bosib olishdan iborat.
Koreya xalq armiyasi Bosh shtabi ma'lumotlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarda Amerikaning B-52H, B-1I, B-2A rusumli bombardimonchi samolyotlari ham qatnashmoqda.
Rasmiy Seul tomonining fikricha, KXDR London va Moskvadagi shimoliy koreyalik diplomatlarining Janubiy Koreyaga qochib o‘tayotgani bois, qasddan fitna chiqarishi ham mumkin.
Yonxap agentligiga ko‘ra, Janubiy Koreya hukumati "barcha fuqarolarni fitnalarga tayyor turishga va talab qilinsa hukumat bilan hamkorlik qilishga chaqirmoqda".
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya avgust oyi boshlarida navbatdagi ballistik raketa sinovini o‘tkazgan edi. U, Yaponiya iqtisodiy hududiga yetgan edi. Pxenyanning uqdirishicha, AQSh tomonidan yadroviy tahdidga barham berilmas ekan, yangi qurolni ishlab chiqarish to‘xtatilmaydi.
Mavzuga oid
14:07
Yevropada AQShga ishonch tarixiy minimumga tushdi
10:06
AQSh AI tahdidlari sabab kiberxavfsizlik talablarini kuchaytirdi
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
09:59 / 10.06.2026