11:30 / 22.08.2016
10295

OAV so‘rovnomasi: deyarli 60 foiz amerikalik Tramp va Klintondan birini tanlashni istamayapti

Foto: AP

Yarim amerikalik (57 foiz) mamlakat prezidentlik saylovida Hillari Klinton va Donald Tramp nomzodidan birini tanlashga norozi bo‘lgan. Bu haqda ABC telekompaniyasi va Washington Post gazetalari hamkorlikda uyushtirgan so‘rovnoma natijasida ma'lum qilingan.

So‘rovda ishtirok etgan 35 foiz qatnashchi Tramp va Klinton o‘rniga boshqa nomzodga ovoz berish istagini bildirgan. So‘rov ishtirokchilari ular o‘rniga saylovlarda qatnashgan, so‘ngra poygadan chiqib ketgan demokrat Berni Sanders  va respublikachi Ted Kruzlarga ovoz berishni istashgan.

Telekanalning ma'lum qilishicha, AQSh prezidentligiga ikki mustaqil nomzod - Geri Jonson va Jil Staynlar ham da'vo qilishmoqda. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Jonsonga 8 Staynga 4 foiz amerikalik ovoz bergan.

Mavzuga oid
Top