09:44 / 24.08.2016
7803

Mitsubishi rahbari elektr krossoverining paydo bo‘lishi muddatiga oydinlik kiritdi

2020-yili Yaponiyaning Mitsubishi Motors kompaniyasi elektrmotorda harakatlanuvchi birinchi krossoverini seriyali tarzda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. U butun dunyo bo‘ylab sotiladi, deya ma'lum qilgan avtomobilsozlik kompaniyasi rahbari Osama Masuko. 

Motoring nashrining xabariga ko‘ra, yo‘ltanlamas akkumulyatorni qayta quvvatlantirmasdan 400 kmgacha masofani ortda qoldira oladi. Bundan tashqari, uning barcha g‘ildiraklari yetakchi bo‘ladi, muqobil boshqarish va yangi to‘plam xavfsizlik tizimlari o‘rnatilishi kutilmoqda. 

Xabarlarga ko‘ra, Ground Tourer kontsept-kari yangi modelning paydo bo‘lishini bildiradi, deyish mumkin. Shu yilning oktabr oyida namoyish etilishi kutilayotgan prototipning ilk tizeri iyun oyi oxirida namoyish etilgan edi. 

Mitsubishi kompaniyasida ta'kidlashlaricha, Ground Tourer 2015-yili namoyish etilgan XR-PHEV va eX Concept modellariga ajoyib o‘rinbosar bo‘ladi. Bu mashinalarning birinchisi gibrid rusumli bo‘lib, 163 ot kuchiga ega benzinli va motor o‘rnatilgan bo‘lsa,  ikkinchisi elektromobil hisoblanadi.

 

Top