Rio-de-Janeyrodan qaytgan O‘zbekiston olimpiyachilari Toshkent aeroportida kutib olindi.







Aeroportning «Toshkent-3» terminalida chempionlarni ularning ota-onalari va boshqa yaqinlari, O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi rasmiy shaxslar, Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari Mirabror Usmanov, jamoatchilik arboblari, faxriylar va boshqa ko‘plab muxlislar qarshi olishdi.































