Ma'lumki, har yili dunyoning turli yirik shaharlarida avtomobilsozlik gigantlari ishtirokida o‘ziga xos ko‘rgazmalar tashkil etiladi. Jyeneve, Detroyt, Frankfurt, Parij avtoshoularini ko‘pchilik intiqlik bilan kutishi shubhasiz. Ayrim avtokompaniyalar o‘zlarining yangi ishlanmalarini ma'lum bir ko‘rgazmada namoyish etishni oldindan belgilab ham qo‘yishadi. Rossiya poytaxti Moskva shahrida tashkil etiladigan an'anaviy ko‘rgazma ham shular jumlasidan. Biroq...

Bu yil mazkur avtosalonda ishtirok etishni istagan kompaniyalar soni besh martaga qisqargani, ko‘rgazmaga tashrif buyurgan tomoshabinlar sonida ham aks etgan. 

G‘arbiy Yevropa va Yaponiya avtomobilsozlik kompaniyalari Moskvada ish boshlagan xalqaro avtomobil ko‘rgazmasida ishtirok etishni turli vajlar bilan maqsadga muvofiq emas, deb topgan. Bu esa, albatta, Lada, Mercedes-Benz, Hyundai va Xitoy brendlari, shu jumladan O‘zbekistonning “Ravon” brendi uchun o‘z mahsulotlarini yaxshiroq tanishtirish borasida ulkan imkoniyat bo‘ldi. 

Xo‘sh, shunday ekan, kim nima keltirdi? 

Moskva-2016 avtoko‘rgazmasida o‘z tarixida eng yirik ekspozitsiyaga ega bo‘lgan «AvtoVAZ» konserni bu yerga 19 mashinasini keltirdi. Kompaniya o‘zining yangi mahsulotlari Vesta sedani va Xray krossoverini boshqarib ko‘rish imkonini taqdim etdi. Bunda, X uslubida ishlab chiqilgan ixcham va qulay XSode krossvori prototipi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi. Vesta Cross sedani va universali, Xray Cross kontsepti, Vesta va Xray modellarining sport rusumlari ham mehmonlar e'tiboriga havola etilmoqda. 

Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi g‘arb avtosanoatining yagona namoyandasi bo‘ldi, deyish haqiqatga mos keladi. U, avtosalonda g‘arb avtomobilsozlari uchun ajratilgan hududni to‘liq egallab olishni maqsad qilgan shekilli, ko‘rgazma zallaridan birini to‘liq ijaraga olib 33 dona avtomobilini (xususan, 3ta Smart va bitta Formula 1 chempionlik bolidi) joylashtirgan. Bu burchakdagi eng asosiy voqea GLC kupe-krossoverining taqdimoti bo‘ldi. Mercedes-AMG sportkarlari: S 63 kabrioleti hamda AMG Sport E 43, GLC 43 sport mashinalarining yangi namunalari, C 43 kabrioleti va SLC 43 rodsteri tomoshabinlar qiziqishini uyg‘otmoqda. 

Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi o‘zining asosiy e'tiborini Sankt-Peterburgda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan yangi ixcham krossoveri