17:39 / 25.08.2016
14504

Rossiya mudofaa vazirligi harbiy tayyorgarlikning kutilmagan sinovini e'lon qildi

Rossiya mudofaa vazirligi, Oliy bosh qo‘mondon Vladimir Putin qaroriga muvofiq, qurolli kuchlarning kutilmagan nazoratini e'lon qildi. Bu haqda, mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu ma'lum qilgan.

«Bugun, RF Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni qaroriga muvofiq, bexosdan tekshiruv boshlandi. Janubiy harbiy okrug qo‘shinlari to‘liq, G‘arbiy va Markaziy harbiy okruglar kuchlari va aslahalarining bir qismi, Shimoliy flot, Harbiy-kosmik kuchlar bosh qo‘mondonligi, Havo-desant qo‘shinlari qo‘mondonligi, Moskva vaqti bilan tonggi 7:00dan «To‘liq» harbiy shaylik holatiga keltirilgan», — degan Sergey Shoygu. 

Harbiy nazorat 25-31 avgustlari bo‘lib o‘tadi. 

Top