12:05 / 25.08.2016
6809

Singapurda dunyodagi ilk haydovchisiz taksi xizmati yo‘lga qo‘yildi

25 avgust kuni Singapurda nuTonomy kompaniyasi tomonidan dunyodagi ilk haydovchisiz taksi xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda  Associated Press xabar bergan.

Aniqlik kiritilishicha, yuqori texnologiyali avtoparkda bunday avtomobillardan oltitasi bor, nuTonomy kompaniyasi xodimi kelgusida bu miqdor 12taga oshirilishini aytib o‘tgan.

2018 yilgacha esa kompaniya butun avtoparkni haydovchisiz boshqaruvli bo‘lgan Renault Zoe va Mitsubishi i-MiEV elektrokarlari bilan to‘ldirishga va'da bermoqda.

Bunday avtomobillar Lidar tizimi bilan ta'minlangan, u makonda mo‘ljal olish uchun lazerdan foydalanadi. Shuningdek, avtomobillardagi uskunalar paneliga to‘siqlarni skanerlash va svetoforlardagi signal o‘zgarishlarini aniqlash uchun ikkitadan kamera mavjud.

Dunyodagi ilk haydovchisiz taksilar markazdan 2,5 kv mil masofa hududida harakatlanadi. Xizmatdan foydalanish uchun mijozlar kompaniyaning maxsus taklifnomasiga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi.

Kompaniyaning bosh direktori Dag Parkening hisoblashicha, nuTonomy xizmatlari yo‘lga qo‘yilishi shahardagi avtomobillar sonini 900 mingtadan 300 mingtagacha tushirish imkonini beradi.

Mavzuga oid
Top