19:21 / 25.08.2016
18006

Toshkent shahrida Cobalt rusumli yo‘nalishsiz taksi avtomobili yonib ketdi

“Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhida mudhish yo‘l-transporti haqida post qoldirildi. Unda 25 avgust kuni Toshkent shahri Parkent bozori yaqinidagi hududda Sobalt rusumli yo‘nalishsiz taksi avtomobili ayanchli tarzda yona boshlaganiga guvoh bo‘lish mumkin. Guruh foydalanuvchilarining so‘zlariga ko‘ra, taksi ichida hech kim bo‘lmagan.

Izoh tarzida qoldirilgan videoda o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘z vaqtida bartaraf etganini ko‘rish mumkin. Sobalt avtomobili esa yong‘in oqibatida jiddiy zarar ko‘rgan. 

Voqea tafsilotlari haqida boshqa ma'lumot berilmagan.

Mavzuga oid
Top