15:17 / 25.08.2016
8617

Turkiya armiyasining yana to‘qqizta tanki Suriyaga kirdi

Suriyaning Jarablus shahri hududidagi IShID terrorchilarini yo‘q qilishga yo‘naltirilgan Amerika-Turkiya qo‘shma harbiy amaliyoti doirasida, Turkiyaning kamida 9ta tanki Suriya hududiga kirdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

«Shaharga yo‘l ochishimiz uchun ko‘proq texnika kerak. Bundan tashqari, bizda suriyalik isyonchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan zirxli texnikalar ham bor. Bu kabi texnikalarni zaruratga qarab, isyonchilarga yetkazib berishimiz mumkin», — deb aytgan turk mulozimi. 

Bundan avval xabar qilinganidek, Turkiya zarurat paydo bo‘lsa, Suriyadagi harbiy kuchlari sonini oshirishini bildirgan edi.

Mavzuga oid
Top