Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qozog‘iston bilan chegarani qisman yopdi
O‘zbekiston Mustaqillik bayrami arafasida, 24 avgust kuni Qozog‘iston bilan davlat chegarasida harakatlanishga vaqtincha cheklov kiritdi.
O‘zbekiston Mustaqillik kuniga 10 kun qolganida chegaralar yopilishi boshlandi. 22 avgust kuni O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarasidagi nazorat punktlarini yopgandi. Shu bilan birga, o‘z yurtiga qaytib kelayotgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolariga chegarani kesib o‘tishlariga ruxsat berildi.
NUZ.UZ muxbirining xabar berishicha, "G‘isht ko‘prik" xalqaro chegara nazorat punktida ("Chernyayevka" nomi bilan mashhur) ayni vaqtda O‘zbekiston fuqarolariga chetga chiqish uchun cheklov o‘rnatilgan, ayni damda xorijliklarga cheklov qo‘llanmagan. Shu bilan birga O‘zbekiston fuqarolari respublikaga kirishlari mumkin, xorijliklarga esa chegara yopilgan.
Ya'ni vaqtinchalik tartibga muvofiq, Qozog‘istondan O‘zbekistonga qaytayotgan o‘zbekistonliklar, shuningdek, O‘zbekistondan Qozog‘istonga qaytayotgan qozog‘istonliklarning vataniga qaytishiga ruxsat etiladi.
To‘y va dafn marosimlariga, bemor qarindoshlari ziyoratiga otlanganlar esa bundan mustasno, ular taklif etilganlik haqidagi telegramma orqali harakatlanishlari mumkin.
Shuningdek, qo‘lida aviabileti va shoshilinch telegrammasi bor fuqarolar, diplomatlar va rasmiy hay'atlar a'zolari hamda xalqaro yo‘nalishda qatnovni amalga oshirayotgan haydovchilarning chegaradan o‘tishiga to‘sqinlik qilinmaydi.
Mavzuga oid
07:25 / 19.01.2026
Yevropadagi eng uzun quruqlik chegaralari: infografika
07:41 / 11.12.2025
Rossiya, Qozog‘iston va boshqalar: dunyoni bog‘lab turuvchi transkontinental davlatlar
09:41 / 02.12.2025
O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston chegara qoidalarini buzmaslikka chaqirildi
15:45 / 20.11.2025