11:17 / 25.08.2016
10219

O‘zbekistonda Davlat byudjyetining profitsiti 2016 yilning 1-yarmida 60,7 mlrd so‘mni tashkil qildi

O‘zbekistonda 2016 yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra davlat byudjyetidagi profitsit 60,7 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Moliya vazirligi ma'lum qilgan.

Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, 2016 yilning yanvar-iyun oylarida byudjyet daromadlari 19,105 trln so‘mni, byudjyet xarajatlari esa 19,044 trln so‘mni tashkil qilgan.

9,783 trln so‘m bilvosita soliqlardan, 4,735 trln so‘m bevosita soliqlardan, 2,447 trln so‘m esa resurs to‘lovlari va mulk solig‘idan kelgan. Boshqa daromadlar miqdori - 2 139,9 trln so‘m.

Ijtimoiy xarajatlar jami 11 389,9 trln so‘mni tashkil etgan. Shundan 10 780,4 trln so‘mlik qismi - Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari (Maorif - 6 568,9 trln so‘m, Sog‘liqni saqlash - 2 422,6 trln so‘m, Madaniyat va sport - 197 mlrd so‘m, Fan - 82,7 mlrd so‘m, Ijtimoiy ta'minot - 70,9 mlrd so‘m, Ijtimoiy nafaqa, moddiy yordam va kompensatsiya pul to‘lovlari 1 048,5 mlrd so‘m).

Iqtisodiyot xarajatlari 1,791 trln so‘mga, Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari 1,06 trln so‘mga oshgan.

Davlat hokimiyati, boshqaruv organlari va sud organlarini va fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlash xarajatlari 825,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Mavzuga oid
Top