16:27 / 26.08.2016
7761

Beeline saytida “O‘zbekiston 25” digital-loyihasi taqdim etildi

Aloqa operatori Beeline Public Media agentligi va “UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish markazi” DUK qo‘llab-quvvatlashi bilan birgalikda ishlab chiqilgan “O‘zbekiston 25” digital-loyihasini taqdim etmoqda. 

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Beeline katta ishtiyoq bilan haqiqatan ham vatanparvarlik to‘yg‘usi bilan to‘lgan mazkur “O‘zbekiston 25” loyihasini bosh hamkor sifatida qo‘llab-quvvatladi. Mustaqillikning yubiley sanasi yaqinlashmoqda va biz Vatanimizning shakllanishi va rivojlanishining asosiy bosqichlarini vatandoshlarimiz bilan birgalikda eslash imkonini taqdim etishdan mamnunmiz. Buning eng quvonchlisi va ramziyligi shundaki, sovg‘a digital-formatda amalga oshirilgan va har kim smartfon, planshet yoxud desktop kompyuterdan kirishidan qat'i nazar adaptiv formatda taqdim etilgan”. 

“O‘zbekiston 25” loyihasi http://25.beeline.uz/uz/ havolasi bo‘yicha joylashtirilgan va yosh respublikamiz tarixidagi eng esda qolarli sanalarni ko‘rsatgan holda mamlakatning mustaqil rivojlanishini elektron solnomasi sifatida amalga oshirilgan. Hamma uchun tanish bo‘lgan voqealar, shuningdek, keng auditoriya uchun noma'lum bo‘lgan paytlar haqidagi ma'lumot bilan bo‘lishish istagi paydo bo‘lishi shubhasiz – buning uchun saytning interfeysida eng ommabop ijtimoiy tarmoqlarning belgilari keltirib o‘tilgan, ular yordamida esa bir tugmaning bosilishi orqali shaxsiy profilda “O‘zbekiston 25” loyihasiga havolani joylashtirish mumkin. 

Tafsilotlar http://25.beeline.uz/uz/ saytida.

Mavzuga oid
Top