17:58 / 26.08.2016
19240

Forbes: Yangi urushni Vashingtonning cho‘ntagi ko‘tarmaydi

Foto: © AFP

Pentagon ma'muriyati AQShning yaqin besh yilda yangi harbiy harakatlar olib borishiga to‘g‘ri kelishidan xavotirda, deb yozmoqda Forbes jurnali.

AQShning yuqori lavozimli harbiy mulozimlari, yaqin orada Eron, Shimoliy Koreya yoki Rossiya bilan keng qamrovli harbiy harakatlar olib borish ehtimolini rad etishmayapti. Pentagonni eng ko‘p tashvishga solayotgan narsa, Amerika armiyasining ana shu ehtimollardan hech biriga yetarli darajada tayyor bo‘la olmasligidir, deb yozadi jurnal. 

Xususan, quruqlikda jang olib borish uchun yangi texnologiyalarni ishlab chiqish yetarli darajada moliyalashtirilmayapti. Misol uchun, Amerika armiyasining transport vositalari va zanjirli texnikalari uchun bir yillik xarajatlari General Motors kompaniyasining bir haftalik daromadidan ham kamdir. Vertolyotlarni material-texnik ta'minlash byudjyeti esa Reygan davriga borib taqaladi. Chunki, Amerika HHK yangi mashinalarni xarid qilish bo‘yicha moliyaviy imkoniyatga ega emas, deb qayd etgan jurnal. 

Forbes jurnaliga ko‘ra, "Pentagon yaqin o‘n yilda armiyani butunlay modernizatsiya qilish rejasi yo‘qligini ta'kidlashida jiddiydir". 


 

Mavzuga oid
Top