19:06 / 26.08.2016
4880

Garov reyestri faoliyati davomida foydalanuvchilar tomonidan 320 mingga yaqin yozuv qayd etildi

Hozir garov munosabatlariga binolar va inshootlarnigina emas, intellektual mulk, inventar va xomashyolar, debitor qarzlar, qishloq xo‘jaligining kutilayotgan hosili va boshqa mulklarni ham jalb etish mumkin. Kreditorlar tomonidan moliyalashtirish amaliyotlarini shunday ta'minotlar  ostida amalga oshirish va tavakkalchilikni kamaytirishda garov reyestri qo‘l keladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

Garov reyestrini majburiyatlar bajarilishini ta'minlash vositasi sifatida berib qo‘yilgan mulklar to‘g‘risidagi elektron e'lonlar taxtasi deyish ham mumkin. Bunday e'lonlar taxtasidan har bir kreditor yoki boshqa istalgan shaxs www.garov.uz sayti orqali bahramand bo‘ladi. Bu ma'lum bir mol-mulkning garovdaligi bo‘yicha va garovdagi mol-mulk hisobiga o‘z talablarining qanoatlantirilishini talab qilish huquqiga ega bo‘lgan kreditorlar to‘g‘risida ma'lumotlarni kuzatib borish imkonini beradi.

Garov reyestri faoliyati davomida foydalanuvchilar tomonidan 320 mingga yaqin yozuv qayd etildi, 19,4 mingdan ortiq yozuvlarga o‘zgartishlar kiritildi, qariyb 46,3 mingta yozuv garov majburiyatlari bajarilganligi munosabati bilan garov reyestridan chiqarildi. Foydalanuvchilarga yozuvlar bo‘yicha 1,9 mingdan ziyod ko‘chirma taqdim etildi. Natijada garov reyestriga ta'minot sifatida qabul qilingan 550 mingdan ortiq mulk obekti bo‘yicha kreditorlar huquqlari to‘g‘risida yozuvlar kiritildi.

Top