Jamiyat | 14:32 / 26.08.2016
53917
2 daqiqa o‘qiladi

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishtirokida jinoyat sodir etildi

24-avgust kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Krasnogvardeysk tumanida ikkita yengil mashina unchalik jiddiy bo‘lmagan to‘qnashuvni sodir etishgach, u ta'qib qilish va harakatlanish chog‘ida o‘q uzish bilan davom etgan, deb xabar qilmoqda «Operativnoye prikrytiye» yangiliklar agentligi.

Ma'lum bo‘lishicha, «Deu Neksiya» va «Toyota Korolla» mashinalari Shaumyan prospekti 39-uy yaqinida to‘qnashib ketgan. Ikkinchi mashina haydovchisi, mahalliy kompaniyalardan birining 25-yoshli kureri aytishicha, ushbu hodisadan so‘ng, «Deu» haydovchisi uni ta'qib qilgan va quvish chog‘ida «Toyota Korolla»ga qarata 8 marta o‘q uzgan. Shu bilan «Toyota»ga zarar yetkazilgan. 

Jabrlanuvchining arizasiga muvofiq, shahar politsiyasi 52-bo‘limi xodimlari «kovboy»ni hibsga olishgan. U, 25-yoshli o‘zbekistonlik bo‘lib, Peterburgda istiqomat qilish muddati o‘tib ketgani ham aniqlangan. Guvohlar shohidligida, undan metall sharlar bilan to‘ldirilgan pnevmatik pistolet va ikkita gaz ballonchasi musodara qilingan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов

Mavzuga oid