Kosovodan IShID terrorchilik guruhi jangarilarini tayyorlash va tanlash maydoni sifatida foydalanilmoqda. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashidagi Rossiyaning doimiy vakili Vitaliy Churkin aytib o‘tgan.
«Huquq-tartibot organlari va xavfsizlik tizimining kuchsizligi tufayli Yevropaning qoq markazida “kulrang zona” paydo bo‘ldi… Bu esa u yerda terrorchilarni tanlash va tayyorlashga zamin yaratmoqda. IShID tarkibida yevropaliklardan jang qiluvchilar orasida Kosovo kuchli uchlikka kiradi», — deb Churkinning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda RIA “Novosti”.