14:42 / 26.08.2016
5938

WSJ: Microsoft va Intel kompaniyalariga kiberxavfsizlik qoidalarini ishlab chiqishga ruxsat berildi

Xitoy hukumati kiberxavfsizlik standartlarini ishlab chiqishda xorijiy texnologik kompaniyalarni taklif etdi, deb xabar qilmoqda The Wall Street Journal nashri o‘z manbasiga tayangan holda. 

Shunday qilib, Microsoft, Intel, Cisco va IBM, hukumatning ushbu masala bo‘yicha tashkil etilgan Technical Committee 260 tarkibida faoliyat yuritishi mumkin bo‘ladi. 

«Bu hali boshlanishi, biroq shuning o‘zi ham Xitoy xalqaro texnologik mahsulotlar yetkazib berish zanjirini tan olayotgani va o‘z strategiyasini bozor qoidalariga moslashtirishga urinayotganini anglatadi», — degan EastWest Institute vitse-prezidenti Bryus Makkonnell.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Microsoft va Cisco o‘z ishtirokini tasdiqlagan bo‘lsa, IBM va Intel ushbu taklifga o‘z munosabatlarini bildirganicha yo‘q. 

Joriy yilning boshlarida, Microsoft, Intel, Cisco va IBM kompaniyalariga shunchaki kuzatuvchi emas, balki jarayonning faol ishtirokchilari bo‘lish taklif etilgan edi. 

Top