07:37 / 27.08.2016
5018

Birinchi Apple kompyuterining prototipi 815 ming dollarga sotildi

Birinchi Apple kompyuteri –  Apple 1’ning prototipi auksionda 815 ming dollarga sotildi.

Ma'lum qilinishicha, Stiv Voznyak va Stiv Jobs 1976 yilda bunday prototiplardan 200 taga yaqinini yaratgan. Auktsionda sotilgan nusxa o‘zidan faqat platani namoyon qiladi, uning na monitori, na tizim bloki bor.

Auktsionni uyushtirgan Charitybuzz jamg‘armasi prototipni sotishdan 1 mln dollar qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan, biroq oxirgi berilgan narx 815 ming dollarni tashkil qildi. Olingan pulning o‘ndan bir qismi leykemiya va limfoma kasallarini o‘rganish uchun ajratiladi. Qurilmani sotib olgan Glenn va Shennon Dellimor o‘quvchilarni ilhomlantirish uchun kompyuterni maktab va universitetlarda namoyish qilishmoqchi.

 

Mavzuga oid
Top