20:36 / 27.08.2016
33240

Dayjyest: Toshkent – Andijon yo‘nalishida birinchi poyezd, Turkmaniston prezidentining talabi, Merkuriy borasida amerikaliklar taklifi, Haydovchisiz KAMAZ

Yakunlanib borayotgan 26 avgust O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Toshkent – Andijon yo‘nalishida birinchi poyezd

Bugun Bobur yurti Andijonda katta bayram va tantana. Sababi, “Angren -Pop” elektrlashtirilgan yangi temir yo‘l liniyasi orqali Toshkent – Andijon yo‘nalishida birinchi yo‘lovchi poyezdi harakatga qo‘yildi.

>>> Batafsil

Toshkentdagi Oqtepa maydoni va Muqimiy ko‘chalari

Toshkentda Nurafshon ko‘chasini "Tinchlik" metro stansiyasidan Muqimiy va Nukus ko‘chalari bilan bog‘lab, shahardagi uchinchi halqa yo‘lini tashkil etadigan Chilonzor Oqtepa maydonidagi transport tuguni qurilishi deyarli nihoyalab qoldi. 

>>> Batafsil

BMTning burkini bilan bog‘liq qo‘llab-quvvatlovi

BMTda Fransiya davlat kengashining musulmon ayollar cho‘milish kiyimi – burkini kiyishga taqiqlovni noo‘rin deb tan olgani ma'qullandi. 

>>> Batafsil

Startapchilar uchun AQShga viza

AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati xorijiy startapchilarga mamlakatda ko‘proq qolish imkonini beradigan yangi qonun loyihasini taqdim qildi. 

>>> Batafsil

Turkmaniston prezidentining talabi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov hukumat majlisida, mamlakat yutuqlarini keng targ‘ib qilishni talab qildi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAV.  

>>> Batafsil

Daromadi shiddat bilan o‘sishi kutilayotgan 3 kompaniya

Yaqin kelajakda bu uch kompaniyaning sotuvlari ikki karra oshishi kutilmoqda. Investorlar istiqbolli investitsiyalarni izlab, ko‘pincha daromadi tez o‘sadigan kompaniyalarga e'tiborni qaratishadi. >>> Batafsil

Moskvadagi qurbonli yong‘in

Moskva shimoli-sharqidagi Altufevskiy shossesidagi omborda chiqqan yong‘in tufayli 17 kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohatlandi.  

>>> Batafsil

Merkuriy borasida amerikaliklar taklifi

Amerikaning PBS Space Time loyihasi ishtirokchilari Quyosh atrofida oynalar tizimini shakllantirish g‘oyasini ilgari surishdi. 

>>> Batafsil

Makka va Madinaning samoviy mo‘'jizasi

Rossiyalik kosmonavt Anatoliy Ivashin kosmosda ko‘rgan Makka va Madinaning go‘zalligi haqida gapirib berdi. 

>>> Batafsil

Haydovchisiz KAMAZ

Moskvada bo‘lib o‘tayotgan xalqaro avtoko‘rgazma (MMAS-2016) doirasida KAMAZ avtokonserni konstruktorlari kelajakda jamoat transportlari o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan muqobil mikroavtobuslarini namoyish etdi. 

>>> Batafsil

Dam olish kunlaridagi muhim 5ta uchrashuv

Shanba va yakshanba kunlari Yevropada milliy chempionat o‘yinlari davom ettiriladi. Futbol muxlislarini bir qator qiziqarli o‘yinlar kutmoqda. 

>>> Batafsil

Top