19:25 / 28.08.2016
9948

«Golos» prodyuserlari yangi mavsum hakamlari tarkibini ma'lum qilishdi

«Golos» loyihasining beshinchi mavsumida Dima Bilan, Polina Gagarina, Leonid Agutin va Grigoriy Leps ustoz-hakamlar bo‘lishadi. Bu ma'lumot «Golos» loyihasi bosh prodyuseri Yuriy Aksyuta tomonidan ma'lum qilingan.

Amerikadagi The Voice shousining Rossiyadagi talqini bo‘lmish «Golos» teleshousi 2012 yilning oktabrida ilk bora Birinchi kanal efirida paydo bo‘lgandi va tezda teletomoshabinlar mehrini qozondi.

O‘tgan mavsumda hakamlar tarkibi Leps, Gagarina, reper Vasiliy Vakulenko (Basta) va musiqachi Aleksandr Gradskiydan iborat edi. Bu to‘rtlik dastlabki 3 mavsumda ham birga ishlagandi.

Top