20:52 / 28.08.2016
5038

Rosberg birinchi marotaba Belgiya Gran-prisini yutdi

"Formula-1" poygachisi Niko Rosberg yozgi ta'tildan keyin o‘tgan birinchi poyga – Belgiya Gran-prisini yutdi. Bu g‘alaba Mercedes-AMG poygachisi uchun bu trassadagi ilk g‘alaba bo‘ldi. 

Poygada ikkinchi bo‘lib marraga Red Bull poygachisi Deniel Rikkardo yetib keldi. 3-o‘rinni esa Mercedes-AMG jamoasining yana bir vakili, amaldagi jahon chempioni Lyuis Xemilton yutdi. Xemilton bolididagi dvigatelga ortiqcha o‘zgartirish kiritgani uchun jarimaga tortilib, poygani 21-pozitsiyadan boshlagan. 

Yetakchi beshtalikdan, shuningdek, Force India’ning ikki poygachisi – Niko Xyulkenberg va Serxio Peres o‘rin egalladi.

Belgiyadagi poygadan keyin poyga yetakchisi Lyuis Xemilton bo‘lib qolmoqda. Uning hisobida 232 ochko bor. Niko Rosberg undan 9 ochkoga ortda qolmoqda. Konstruktorlar kubogida 415 ochko bilan Mercedes-AMG jamoasi yetakchilik qilmoqda.

Poyganing navbatdagi bosqichi Italiyada 2-4 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Quyida poyga natijalari va umumiy hisob keltirilgan.

Belgiya Gran-prisi

1. Niko Rosberg   Mercedes-AMG
2. Deniel Rikkardo   Red Bull
3. Lyuis Xemilton   Mercedes-AMG
4. Niko Xyulkenberg   Force India
5. Serxio Peres   Force India
6. Sebastyan Fettel   Ferrari
7. Fernando Alonso   McLaren
8. Valtteri Bottas   Williams
9. Kimi Raykkonen   Ferrari
10. Felipe Massa   Williams
11. Maks Ferstappen   Red Bull
12. Esteban Gutiyerres   Haas
13. Roman Grojan   Haas
14. Daniil Kvyat   Toro Rosso
15. Djolion Palmer   Renault
16. Esteban Okon   Manor
17. Felipe Nasr   Sauber

Umumiy hisob

1.   Lyuis Xemilton   Mercedes-AMG   232
2.   Niko Rosberg   Mercedes-AMG   223
3.   Deniel Rikkardo   Red Bull   151
4.   Sebastyan Fettel   Ferrari   128
5.   Kimi Raykkonen   Ferrari   124
6.   Maks Ferstappen   Red Bull   115
7.   Valtteri Bottas   Williams   62
8.   Serxio Peres   Force India   58
9.   Niko Xyulkenberg   Force India   45
10.   Felipe Massa   Williams   39
11.   Fernando Alonso   McLaren   30
12.   Karlos Saynts   Toro Rosso   30
13.   Roman Grojan   Haas   28
14.   Daniil Kvyat   Toro Rosso   23
15.   Djyenson Batton   McLaren   17
16.   Kevin Magnussen   Renault   6
17.   Paskal Verlyayn   Manor   1
18.   Stoffel Vandorn   McLaren   1

 

Mavzuga oid
Top