07:15 / 29.08.2016
6405

Ahmedov - Denisov qarama-qarshiligida "Lokomotiv" g‘alaba qozondi

Rossiya chempionatining 5-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. Turning markaziy uchrashuvi "Krasnodar" - "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. 

Unda O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari Odil Ahmedov va Vitaliy Denisov o‘rtasida o‘zbekcha derbi kechdi. Bu o‘yinda "Lokomotiv" mehmonda to‘p surganiga qaramay, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Uchrashuvda ikkala o‘zbekistonlik futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushdi. Ahmedov bu o‘yinda 64-daqiqada o‘z joyini boshqa futbolchiga bo‘shatib bergan bo‘lsa, Denisov o‘yini to‘liq o‘tkazdi. 

"Rostov" esa kutilmaganda "Terek"ga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Rossiya - Premer-Liga. 5-tur

Krasnodar – Lokomotiv  – 1:2

Gollar: Samedov, 41 (0:1); Smolov, 48 (1:1, pen); Xenti, 56 (1:2, pen).
Ogohlantirishlar: Torbinskiy, 90 – Chorluka, 45; Tarasov, 78; Peychinovich, 85.
Terek  – Rostov – 2:1
Gollar: Novoseltsev, 31 (0:1); Balay, 33 (1:1); Anxel, 35 (2:1).
Ogohlantirishlar: Semyonov, 30; Utsiyev, 54 – Buxarov, 41; Ezzatollaxi, 51; Gatskan, 53; Kalachyov, 63.
Chetlatish: – Gatskan, 70.

Top