21:15 / 29.08.2016
3911

Hindistonda me'yoridan ortiq yo‘lovchi chiqqan avtobus ag‘darilib ketdi

Hindistonning markaziy qismida me'yoridan ortiq yo‘lovchi mingan avtobus ag‘darilishi natijasida 73 kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy politsiyaga asoslanib, IANS nashri xabar tarqatgan.

"Yo‘lovchilar Jabalpur, Nagueyna va qo‘shni viloyatlarga mansub bo‘lib, ulardan 59 nafari Kullu shahridagi shifoxonaga yotqizilgan", deyilgan xabarda.

Agentlik xabariga ko‘ra, yo‘lovchilarning aksari maktab o‘quvchilari va davlat xizmatchilaridir.

Avtobus Jabalpurdan Kulluga qarab harakatlanayotgan bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, avtobusga me'yoridan ortiq darajada ko‘p yo‘lovchi chiqqani tufayli, haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan.

"Tepalik ortidan chiqqan avtobus yumalab ketmaslik uchun daraxtga borib urildi", degan yo‘lovchilardan biri Rajat Takur.

Avtobus yaroqsiz holatga kelgani aytilgan.

Qayd etilishicha, Hindistonda jamoat transporti vositalari yetishmovchiligi muammosi tufayli transportlarga meyo'ridan ko‘p yo‘lovchi chiqariladi.

Top