18:54 / 29.08.2016
4697

Shotlandiyaning 2 klubi Angliya chempionatiga qabul qilinishi mumkin

Shotlandiyaning «Seltik» va «Reyndjers» jamoalari Angliya futboli piramidasiga qo‘shilishi mumkin.

Angliya futbol ligasi ijrochi direktori Shon Xarvining ma'lum qilishicha, bu masala Liga klublari yig‘ilishida o‘rtaga tashlanadi. Bu yig‘ilishda professional ligalar sonini 5taga oshirish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.

Agar beshinchi liga tashkil etilsa, «Seltik» va «Reyndjers» APLning beshinchi divizioniga qabul qilinishi mumkin.

Bundan oldingi xabarlarda, Angliya futbol ligasi 2019 yilda APLdan tashqari mavjud 3ta professional liga o‘rniga yana 4ta liga tashkil qilmoqchiligi, har bir diviziondagi ishtirokchi jamoalar sonini 20taga tushirishni (chempionshipda 24ta jamoa ishtirok etadi - tahr.) rejalashtirayotgani aytilgandi.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid
Top