18:43 / 29.08.2016
15978

Vetnam – Osiyoning yangi iqtisodiy mo‘'jizasi

Vetnam respublikasi bir necha yil ichida qashshoq mamlakatdan o‘rta daromadli davlatlar qatoriga qo‘shilgan bo‘lsa-da, erishilgan natijalari bilan qanoatlanish niyatida emas. 

Vetnam to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar hajmi bo‘yicha 2015-yili rekord ko‘rsatkichni qayd etgan bo‘lsa, joriy yilda bu raqam o‘sishda davom etmoqda. 2016-yilning birinchi yarim yilligida mamlakatga kiritilgan sarmoya hajmi 11,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 105 foiz demakdir. Jahon iqtisodiyotida turg‘unlik kuzatilayotgan bir vaqtda shunday natijaga erishilayotgani e'tirofga loyiqdir. 

Mamlakatning sarmoyalar borasidagi muvaffaqiyati bir tomondan ko‘p sonli erkin savdo shartnomalari bilan izohlanadi. Ammo, albatta, bundan boshqa sabablari ham borligi aniq. Davlat hukumati, Janubiy Koreya, Tayvan va Xitoy singari tez va barqaror rivojlanish omillarini to‘g‘ri tanlay oldi. 

Vetnam iqtisodiyoti avval ham, garchi buni ko‘pchilik inkor qilishga urinsa-da, tez sur'atda rivojlanayotgan edi. 1990-yillarda aholi jon boshiga YaIM o‘sishi o‘rtacha 6 foizni tashkil etdi. Bu esa, mamlakatni qashshoq davlatlar ro‘yxatidan o‘rta daromadli mamlakatlar safiga kiritdi. 

Kelgusi 10 yilda respublika yiliga o‘rtacha 7 foizdan o‘sa olsa, Xitoy va Osiyoning boshqa «yo‘lbarslari» natijasini takrorlashi mumkin. Biroq, bunday natijaga oldindan kafolat berib bo‘lmaydi. Mabodo, o‘sish sur'ati 4 foizga tushib ketsa, Vetnamni Tailand yoki Braziliya duch kelgan pasayish kutmoqda. 


 

Top