15:17 / 29.08.2016
9192

WhatsApp’dan Facebook’ga shaxsiy ma'lumotlar uzatilishini qanday to‘xtatish mumkin

WhatsApp tijorat maqsadlarida foydalanuvchilari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni Facebook’ga yuborishni boshladi. Bu servislar qanday ma'lumotlarni to‘playdi va ularni uzatishdan qanday voz kechish mumkin?

25 avgust kuni WhatsApp o‘zining blogida foydalanuvchilarning telefon raqamlari va boshqa tahliliy ma'lumotlarni Facebook’ga uzatishi haqida e'lon qildi. Kompaniyada barcha xabarlar avvalgidek shifrlanishi, akkauntning suratlari va ma'lumotlari Facebook’ga uzatilmasligi, reklama beruvchilar esa raqamlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqa olmasligiga ishontirishmoqda. Facebook shu tarzda tijoriy maqsadlarini yaxshilashni rejalashtirmoqda. Agar siz ma'lumotlarni messenjerdan Facebook’ning tijorat platformasiga uzatishga rozilik bersangiz, u holda tez kunda o‘zingizga tanish bo‘lgan kompaniyalarning tijorat e'lonlarini ko‘rasiz. WhatsApp telefon raqamlaridan tashqari, quyidagi ma'lumotlarni to‘playdi: 

•  Operatsion tizim turi
•  Ekran o‘lchamlari
•  Aloqa operatori
•  Qurilmaning identifikatori (ID)
•  Ilovani qo‘llash chastotasi
•  Mamlakatning telefon kodi

WhatsApp bu ma'lumotlardan tashqari kompaniya oshkor qilmagan boshqa ma'lumotlarni ham yuborishi mumkin. 

WhatsApp’dan Facebook’ga shaxsiy ma'lumotlar uzatilishini qanday to‘xtatish mumkin

Barcha foydalanuvchilar ham o‘zlarining shaxsiy ma'lumotlari bilan bo‘lishgilari kelmasligi aniq, shu bois kompaniya to‘plangan ma'lumotlarni Facebook’ga uzatishdan voz kechish imkonini taqdim etdi. Agar siz WhatsApp’da ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, bu kuzatuv funksiyasini o‘chirib qo‘yishning ikki yo‘li mavjud.

Ilovani ishga tushirganingizda ekranda yangi “Konfidentsiallik shartlari va siyosati” bo‘limining paydo bo‘lganini ko‘rasiz. Shartlarni qabul qilishga shoshilmang, havolani bosib, uning shartlarini o‘qib chiqing. Sahifaning quyi qismida o‘chirish tugmasi bo‘ladi. Agar ma'lumotlaringizni Facebook’ga uzatishni istamasangiz, u holda belgini olib tashlang va tugmani faollashtirmang. 

Agar yangi shartlarni qabul qilgan bo‘lsangiz, u holda ma'lumotlarni uzatishni to‘xtatish uchun tasarrufingizda yana 30 kun bor. Buning uchun “Sozlamalar” (Settings) → “Akkaunt” (Account) → “Akkaunt haqida ma'lumot berish” (Share my account info)ga o‘tib, bu optsiyani o‘chirib qo‘ying. Biroq hattoki bu funksiyani o‘chirish ham shaxsiy ma'lumotlaringizni himoya qila olmaydi. Facebook va unga tegishli barcha kompaniyalar baribir to‘plangan ma'lumotni qabul qilishadi va ulardan boshqa maqsadlarda foydalanishlari mumkin: “infratuzilma va yetkazib berish tizimini yaxshilash, servislardan foydalanish tahlili, tizimlar xavfsizligini ta'minlash, spam bilan kurash, qoidalarni va mualliflik huquqlarini buzish”. Sizning Facebook ijtimoiy tarmog‘ida akkauntingiz bo‘lsa, u holda siz o‘zingiz to‘g‘ringizda ancha ma'lumotlarni berishga ulgurgan bo‘lasiz. IT-gigant bu ma'lumotlar asnosida yaqin orada ota-ona bo‘lishingiz, oilali bo‘lishingiz, yashash joyingizni o‘zgartirishingiz, avtomobil xarid qilishingiz va shu kabi yangiliklardan boxabar bo‘lib boradi. 

Facebook siz haqingizda nimalarni biladi? Quyida bu borada to‘liq ro‘yxat beriladi:

1.  Yashash joyingiz
2.  Yoshingiz
3.  Avlodingiz
4.  Jinsingiz
5.  Tilingiz
6.  Ma'lumot darajangiz
7.  Ilmiy bilimlaringiz
8.  Maktabingiz
9.  Etnik kelib chiqishingiz
10.  Daromadingiz
11.  Turar joyingiz ko‘rinishi
12.  Uyning bahosi
13.  Hovli hududining o‘lchami
14.  Uy-joyingiz maydoni
15.  Uy qurilishi tugagan yil
16.  Oila tarkibi
17.  Yaqin 30 kun ichida tavallud ayyomingiz bo‘lishi 
18.  Oilangizdan yoki ona shahringizdan uzoqdaligingiz
19.  Yaqin orada tug‘ilgan kuni bo‘ladiganlarga do‘stligingiz, oila qurganligingiz, fotiha qilinganligingiz, ko‘chishingiz
20.  Munosabatlaringiz
21.  Yangi ishga o‘tganingiz
22.  Yaqin orada fotihalanganingiz
23.  Yaqin orada oila qurganingiz
24.  Ota-onangiz haqida ma'lumot
25.  Siz qachon ota-ona bo‘lishingiz
26.  Siyosiy qarashlaringiz
27.  Oilaviy ahvolingiz
28.  Ish beruvchingiz
29.  Lavozimingiz
30.  Idora turi
31.  Sanoat
32.  Qiziqishlaringiz
33.  Transport turingiz (avtomobil, mototsikl)
34.  Avtomobilingizning modeli va rusumi
35.  Mashinangizni xarid qilgan yilingiz
36.  Kompaniyangizda nechta xodim bor
37.  Kichik biznesingiz bor yoki yo‘qligi
38.  Kim bo‘lib ishlashingiz
39.  Xayriya ishlaridagi ishtirokingiz
40.  Qurilmangizning operatsion tizimi
41.  Qanday o‘yinlar o‘ynashingiz
42.  Facebook’dagi tadbirlarda qatnashishingiz
43.  Facebook Payments’dan foydalanishingiz
44.  Ijtimoiy tarmoq sahifalarida ma'murlik qilishingiz
45.  Yuklangan suratlaringiz
46.  Brauzeringiz
47.  Pochta servisingiz
48.  Innovatsion texnologiyalardan qay darajada foydalanishingiz
49.  Muhojirlik (qayerdan)
50.  Investorlar
51.  Kredit kartalaringiz haqida ma'lumotlar
52.  Debat kartangiz bor yoki yo‘qligi
53.  Radio eshitishingiz
54.  Sevimli seriallaringiz va TV-ko‘rsatuvlaringiz
55.  Mobil qurilmangiz qaysi brendga tegishli
56.  Internet aloqa turi
57.  Yaqin orada smartfon yoki planshet xarid qilganingiz
58.  Internetga smartfon yoki planshetdan chiqishingiz
59.  Chegirma kuponlaridan foydalanishingiz
60.  Xaridlaringiz haqida ma'lumot
61.  Onlayn-do‘konlarni xush ko‘rasizmi yoki oflayn xaridlarni
62.  Boradigan restoranlaringiz
63.  Sayohatlaringiz
64.  Ta'tilda qanday hordiq chiqarishni xush ko‘rishingiz
65.  Taymsherda ishtirok etishingiz yoki qatnashmasligingiz

Top